VPS serverlar · Germaniya data-markazi
Server oling, so'mda to'lang
Click yoki Payme bilan balansni to'ldiring, tarifni tanlang. Bir necha daqiqada IP manzil va root parolni olasiz.
- Setup to'lovi yo'q
- Cheksiz trafik
- Oyma-oy to'lov, shartnomasiz
- To'liq root huquqi
Tariflar
Oylik narx, so'mda. Yashirin to'lovlarsiz
Barcha tariflarda SSD disk, cheksiz trafik va DDoS himoyasi bor.
Cloud VPS 4
- Protsessor4 vCPU
- Xotira8 GB RAM
- Disk100 GB SSD
- Trafikcheksiz
256 000so'm / oy
Tanlash- Ko'p tanlanadi
Cloud VPS 6
- Protsessor6 vCPU
- Xotira12 GB RAM
- Disk200 GB SSD
- Trafikcheksiz
349 000so'm / oy
Tanlash Cloud VPS 8
- Protsessor8 vCPU
- Xotira24 GB RAM
- Disk300 GB SSD
- Trafikcheksiz
651 000so'm / oy
TanlashCloud VPS 12
- Protsessor12 vCPU
- Xotira48 GB RAM
- Disk400 GB SSD
- Trafikcheksiz
1 162 000so'm / oy
TanlashCloud VPS 16
- Protsessor16 vCPU
- Xotira64 GB RAM
- Disk500 GB SSD
- Trafikcheksiz
1 719 000so'm / oy
TanlashCloud VPS 18
- Protsessor18 vCPU
- Xotira96 GB RAM
- Disk600 GB SSD
- Trafikcheksiz
2 276 000so'm / oy
Tanlash
Narxlar O'zbekiston Markaziy banki kursi asosida hisoblanadi va kurs o'zgarganda yangilanadi.
Qanday ishlaydi
Ro'yxatdan o'tishdan ishlaydigan servergacha
Telefon raqam bilan ro'yxatdan o'ting
SMS kod keladi. Email va xorijiy karta kerak emas.
Balansni to'ldiring
Click yoki Payme orqali, minimal summa 1 000 so'm.
Tarif va OS tanlang
Ubuntu, Debian yoki AlmaLinux. Oylik narx balansdan yechiladi.
IP va root parolni oling
Server odatda bir necha daqiqada tayyor bo'ladi. SSH orqali ulanasiz.
Nima olasiz
Bot, sayt yoki diplom loyihasi uchun to'liq server
To'liq root huquqi
Docker, n8n, Telegram bot, ma'lumotlar bazasi — xohlagan dasturni o'rnating.
DDoS himoyasi
Data-markaz darajasidagi himoya barcha tariflarga kiritilgan.
Cheksiz trafik
Trafik uchun qo'shimcha to'lov olinmaydi.
Telegram bildirishnomalar
To'lov muddati va server holati haqida xabar botga keladi.
O'zbek, rus, ingliz tilida
Boshqaruv paneli va yordam xizmati uch tilda.
Boshqarish bir joyda
Yoqish, o'chirish, qayta o'rnatish va parolni tiklash panelning o'zida.
Serverlar qayerda
Germaniyadagi Contabo data-markazi
YCloud — Contabo GmbH xizmatlarining reselleri. Serverlar Contabo infratuzilmasida ishlaydi; biz ularni so'mda sotamiz, o'zbek tilida boshqaramiz va qo'llab-quvvatlaymiz.
ToshkentNyurnberg
- Kechikish (ping)
- ~99 ms
- Region
- EU · Germaniya
- Ishlash kafolati
- 99.9%
Savollar
Ko'p beriladigan savollar
Qanday to'layman?
Panelda balansni Click yoki Payme orqali so'mda to'ldirasiz. Server oylik narxi har oy balansdan avtomatik yechiladi.
Balansda pul yetmasa nima bo'ladi?
To'lov sanasidan 5 kun oldin ogohlantiramiz. To'lov bo'lmasa, 2 kun qolganda server to'xtatiladi, 1 kun qolganda o'chirishga qo'yiladi. Shu muddatda balansni to'ldirsangiz, server avtomatik qayta yoqiladi.
Pul qaytariladimi?
Server yaratilmasa, summa balansingizga avtomatik qaytadi. Boshqa holatlar ommaviy ofertada belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi.
Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?
Serverlar Germaniyada, Contabo data-markazida joylashgan. Serverdagi ma'lumotlarning zaxira nusxasini o'zingiz olishingizni tavsiya qilamiz.
Serverda nimalar taqiqlangan?
Spam, fishing, DDoS hujumlari, ruxsatsiz kriptovalyuta qazib olish va qonunga zid kontent. Qoidabuzarlik aniqlansa, server darhol to'xtatiladi.
Qaysi operatsion tizimlar bor?
Ubuntu 24.04, Ubuntu 22.04, Debian 12 va AlmaLinux 9. Tizimni panelda istalgan vaqt qayta o'rnatish mumkin.
Birinchi serveringiz bir necha daqiqada tayyor
Ro'yxatdan o'tish uchun faqat telefon raqam kerak.